Sizni seminarga taklif qilamiz: Raqamli qurilish: BIM davri

Biz mamnuniyat bilan e’lon qilamizki, 2025-yil 11-fevral kuni Toshkent shahrida SERVICE YOU va CAD Sistemlar kompaniyalari Autodesk bilan hamkorlikda seminar tashkil etmoqda.

Asosiy mavzular:
Raqamlashtirish jarayonida BIMning o‘rni.
BIM-modellashtirish uchun Autodeskning eng so‘nggi vositalari.

Amaliy tajribalar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari.
Sana: 11-fevral, 2025-yil
Manzil: Toshkent, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 25, Plov Lounge & Banquet Hall
Vaqt: 15:00 - 18:00

Tadbir dasturi:

15:00 - 15:30 – Ro‘yxatdan o‘tish va kutib olish
15:30 - 16:10 – Mihail Eminov (CAD Sistemlar) taqdimoti Mavzu: "BIM: Texnologiyalarning davlat rivojlanishiga ta’siri. BIM-modellashtirish uchun asosiy Autodesk vositalari. Suv infratuzilmasi bo‘yicha ilg‘or yechimlar."
16:10 - 16:30 – Kofe-breyk va sovg‘alar
16:30 - 17:00 – Almat Jamankulov (BIM mutaxassisi, KAZGOR) taqdimoti
17:00 - 18:00 – Networking va kechki ovqat

Raqamli qurilish sohasidagi so‘nggi tendensiyalar haqida bilib olish va kasbiy aloqalaringizni kengaytirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


Maxsus mehmon:

Ekaterina Aleksandrovna Li – BIM rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis, loyiha menejeri