
SOLIDWORKS 3D CAD
Har qanday murakkablikdagi qismlar va jamlanmalarning 3D modellari va 2D chizmalarini o'z ichiga olgan loyihalarni tez va aniq yarating.
Avtomatik xarajatlarni hisoblash va ishlab chiqarishni tekshirish vositalari tufayli bu omillarni hisobga olgan holda loyihalash imkonini beradi.
Loyiha ishtirokchilari bilan o'zaro aloqada bo'ling va standartlashtirilgan ma'lumotlarni boshqarish vositalari yordamida ish jarayonini boshqaring.
O'rnatilgan kuchlanishni hisoblash vositalari va mexanizmlarni kinematik tahlil qilish yordamida xatolar va ortiqcha sarf-xarajatdan saqlaning.
Cloud texnologiyali SAPR tizimlari
DEXPERIENCE SOLIDWORKS qulay va ishonchli SOLIDWORKS 3D SAPR yechimini 3D EXPERIENCE platformasi bilan birlashtiradi.
SOLIDWORKS tarmog`i yordamida mahalliy 3D SAPR yechimini Cloud texnologiyasiga ulang.
SOLIDWORKSda loyihalashtiring, ma'lumotlarni esa Cloud texnologiyasida saqlang va ularni istalgan brauzer orqali boshqaring.
Kompaniyangizning bo'linmalari, mijozlari, sheriklari va boshqalar bilan onlayn hamkorlik qiling.
DraftSight yordamida takomillashtirilgan chizmalar yarating
DraftSight®-2D yoki 3D DWG fayllarini osongina, tez va samarali yaratish, o'zgartirish, ko'rish va tuzatish uchun mo`ljallangan SAPR yechimi. 3D EXPERIENCE platformasiga ulanish orqali dizayn va hujjatlarni kollektiv boshqarish samaradorligini oshiring.
Tanish interfeys va moslashuvchanlik imkoniyatlari yordamida AutoCAD® yoki shunga o'xshash SAPR dasturlaridan keyin bu dasturni osongina o`zlashtirish mumkin.
Sifat va unumdorlikni yo'qotmasdan investitsiyalarning daromadini oshiring.
Funktsional va litsenziyalarni tanlash imkoniyatiga ega bo'lgan keng vositalar portfelidan foydalaning.
Chizmalar va ma'lumotlardan arzon narxlarda, muammosiz foydalaning.
Elektr tizimlarini loyihalash yechimlari
SOLIDWORKS Electrical Solutions dizaynerlarga foydalanish uchun qulay bo'lgan maxsus boshqaruv vositalarini taqdim etish orqali o'rnatilgan elektr tizimlari va sxemalarini loyihalashni soddalashtiradi hamda tezlashtiradi.
Elektr zanjirlarini 3D modellarga osongina birlashtiring.
Elektr zanjirlarini ishlab chiqishda takrorlanadigan vazifalar sonini minimallashtiring.
Hujjatlarni yaratishda izchillikni ta'minlash uchun ECAD va MCAD tizimlari uchun umumiy ma'lumotlar bazasidan foydalaning.
Standart qabul qilingan elektr komponentlari va elektron belgilarining kengaytirilgan kutubxonasidan foydalaning.