

Revitning qo'llanilish sohalari

ARXITEKTURA DIZAYNI
Me'morning vazifasi nafaqat jozibali jabhani va qulay tartibni yaratishdir, u binodan foydalanishni qulaylashtiradigan, energiya sarfini kamaytirishga yordam beradigan ko'plab parametrlarni hisobga olishi kerak.Revitning so'nggi versiyalaridagi Project Solon boshqaruv paneli loyihalash vaqtida aniqroq qarorlar qabul qilish uchun, ob'ektdagi energiya sarfi ma'lumotlarini tahlil qilishga imkon beradi. Dasturda siz barcha rel`eflar va infratuzilmalari mavjud bo`lgan qurilish maydonchasining modelini yaratishingiz mumkin.

QURILISH INSHOOTLARINI LOYIHALASH.
Bino elementlarini kompyuter yordamida modellashtirish jarayoni nafaqat chizmalar yaratishni, balki binoga tushuvchi yuklanishni, quyosh nuri va harorat o'zgarishining obyektga ta'sir darajasini aniq ko'rsatadigan hisob-kitoblarni va turli xil modellarni yaratishni ham o'z ichiga oladi. Revit dasturi loyiha mutaxassislariga qurilishda ishlatiluvchi metall maxsulotlari va armaturalarning qanday xususiyatlarga ega bo`lishi kerakligini aniqlab, kerakli konfiguratsiyadagi mahsulotlarga darhol buyurtma berish imkonini beradi.

MUHANDISLIK TIZIMLARINI LOYIHALASH
Havo aylanishi, kanalizatsiya, elektr tarmog'i - bu tizimlarning barchasi alohida e'tibor talab qiladi. Revitda siz chizmalar va vizualizatsiya tizimi yordamida vizual modellar va batafsil chizmalari mavjud bo`lgan loyihalarni yaratishingiz mumkin. Dasturiy ta'minotga kiritilgan elektr tizimlari va quvur liniyalarining elementlari sizga yorug'lik moslamalari, yong'in signalizatsiyasi, yong'inga qarshi tizimlar va boshqalarni o'z ichiga oladigan tarmoqlar loyihalarini tezda yaratish imkonini beradi.

SANOAT QURILISHI
Revitda ombor va zavod binolarini loyihalash tizimi turar-joy binolari loyihalarini yaratish tizimidan farq qiladi. Dastur tayyor modellarni ma'lum bir bloklarga bo'lish orqali muhandislik hujjatlarini yaratish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Masalan, poydevorni quyish bosqichidan tortib betonlash va devorlarni astarlashgacha asta-sekin "qatlamlarni" olib tashlash yoki qo'shish orqali qurilish usulini aniq namoyish etish mumkin. Ushbu dasturiy ta'minotdagi o'zgarishlarni parametrik boshqarishning maxsus mexanizmi aniq smeta tuzishga yordam beradi.